Shohjahon Jo'rayev - Kim edigu kim bo'ldik

Shohjahon Jo'raev

Kim edigu kim bo’ldik

Kim edigu kim bo`ldik bugun,
Bugun bizni tan oldi jahon.
Istiqloldan chehralar gulgun,
Boshimizda beg`ubor osmon.

Dilda ishonch, qadamlar shahdam,
Yuksak marralar yo`limizda.
Biz hech kimga emasmiz qaram,
Taqdirimiz o`z qo`limizda.

Kim edigu kim bo`ldik?
Ozod, erkin xalq bo`ldik. (x2)
Mustaqil, obod Vatan,
Hur O`zbekiston bo`ldik.

Bayrog`imiz hilpirar baland,
Har yurakda iftixor, farax.
Hisoblashar bugun biz bilan
O`ziga teng ko`rib G`arbu Sharq.

Gullab ijod, san’at, ilm-fan,
Ajdodlardan meros ma’rifat.
Tangri suygan sarboni bilan
Qurdik bugun qudratli davlat.

Kim edigu kim bo`ldik?
Ozod, erkin xalq bo`ldik. (x2)
Mustaqil, obod Vatan,
Hur O`zbekiston bo`ldik.

Kim edigu kim bo`ldik?
Ozod, erkin xalq bo`ldik. (x2)
Mustaqil, obod Vatan,
Hur O`zbekiston bo`ldik.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kim edigu kim bo’ldik
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016