Shohjahon Jo'rayev - Seni sevdim

Shohjahon Jo'raev

Seni sevdim

Seni sevdim, quvondi dil,
To’rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to’lg’ondi dil,
To’rt tomonim alam-ozor.

Bir ko’rishda shaydo qilding,
Es-xushimdan judo qilding.
Tuyg’ularim o’yin bilib,
Bir umrlik xato qilding.

G’urur to’nim yechmas edim,
Benaf olov kechmas edim,
Bilsam senga sharbat tutib,
O’zim og’u ichmas edim.

Seni sevdim, quvondi dil,
To’rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to’lg’ondi dil,
To’rt tomonim alam-ozor.

Mani bemor yuz aldadi,
Boldek shirin so’z aldadi.
Yolg’on yig’lab, yolg’on kulib,
Boqqan jodu ko’z aldadi.

Olisda oy ko’zlamasman,
Dardim yelga so’zlamasman.
Ul nigordan ko’nglim qolgan,
Farishta ham izlamasman.

Seni sevdim, quvondi dil,
To’rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to’lg’ondi dil,
To’rt tomonim alam-ozor. (x3)
Seni sevdim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevdim
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2014