Kimdir mehrga zor, beg`ussadir kim,
Kimdir nafs ilkida bandi-qo`g`irchoq.
Shoxidan uzilib to`kilarkan jim,
Havoda omonat titraydi yaproq, titraydi yaproq.

Tuyg`ular uch kunlik, yolg`on sadoqat,
Sochilgay orzular chun xazonrezgi.
Dillarni dillarga qilolmay payvand,
Toshyuraklar ichra sargardon sevgi, sargardon sevgi.

Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor,
Falak giryon-yig`lab, kuzatar xazin.
Eh, shuncha hasratni ortqilab bedor,
Charx urib telbavor aylanar zamin. {x2}

Bilmay ovoramiz kim mard, kim xoin,
Do`st deb yurganimiz g`anim chiqar goh.
Baxt kimgadir armon, kimgadir o`yin,
Hayot kimga ermak, kimga sajdagoh.

Tillarda tovlanar tovba-tazarru,
Xatolar tuzoqqa aylangan chog`i.
Vo ajab, oyga ham solmishdir qutqu,
O`ylamay bosilgan qadamlar dog`i, qadamlar dog`i.

Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor,
Falak giryon-yig`lab, kuzatar xazin.
Eh, shuncha hasratni ortqilab bedor,
Charx urib telbavor aylanar zamin. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tazarru
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016