Shohjahon Jo'rayev - Tushimda ko'rsam edi qo'shiq matni, lyrics

Shohjahon Jo'raev

Tushimda ko’rsam edi

Nigori gulbadanimni tushimda ko`rsam edi, {x2}
Labi shirin, shakkarimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Ko`z ochmayin g`amida ro`zg`orim o`tguvchidur, {x2}
Ki yori siym-tanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Ki davri rohatim o`tdi, zim saodat edi,
Murod-u jonu tanimni tushimda ko`rsam edi.

Yuzi gul, qoshi shamshod, ko`zlari nargiz,
Bahori yosumanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Labimg`a keldi oning vaslini izlab jonim,
Balo o`ti ekanimni tushimda ko`rsam edi.

Hamisha bulbuli ta’bim fig`on-u zor etar, {x2}
Ki orazi chamanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tushimda ko’rsam edi
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Nodira g`azali
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 13, 2017