Sevgi quvonchmikan yoki g’ammi?
Ul g’am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag’ring tilib yig’lama.

Sevgi dil og’rig’i, ko’ngil chog’iri,
Soxta mehring bilan qalbim tig’lama.
Yolg’onlaring oshkor bo’lib oxiri,
Alamdan sochlaring yulib yig’lama.

Ko’z oldimda hamon gulgun jamoling,
Ruhimni allalab aldar xayoling.
Bir kuni javobsiz qolsa savoling,
Foydasiz pushaymon qilib yig’lama.

Sevgi quvonchmikan, ayt yoki g’ammi?
Ul g’am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag’ring tilib yig’lama. (x2)

Shumi ishq degani, vafo degani,
Ishq mahzun yurakka jafo degani,
Menla yurib, zimdan o’ylab boshqani,
Ikki o’t ichinda qolib yig’lama.

Seni sevib bo’ldim dalli-devona,
Bugun yolg’oningdan kuydim pinhona,
Sen menga, men senga endi begona,
Mendan ham o’zingdan nolib yig’lama.

Sevgi quvonchmikan, ayt yoki g’ammi?
Ul g’am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag’ring tilib yig’lama. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lama
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 7, 2015