Aldanganmi zor yig’lar osmon,
Kiprigimga tomchilar og’ir. (x2)
Darddan zada, qayg’uga oshyon
Yuragimga sanchilar yomg’ir. (x2)

Bo’g’zim uzra yonar qo’rg’oshin,
Zil ko’ksimda tuyg’ular og’rir.
O’z qo’lim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomg’ir,
Oh, o’z qo’lim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomg’ir.

Yomg’ir, yomg’ir,
Yuragimga sanchilar yomg’ir.

Tor dunyoning to’rt tomonida
Xiyonatlar yoygan keng tomir,
Nopoklarning kir tovonida
Asrolmayman, yanchilar yomg’ir.

Umr bir qur telbaning darsi,
Vujud avval, rux esa oxir.
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib o’tar farishta yomg’ir,
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib yog’ar farishta yomg’ir.

Yomg’ir, yomg’ir,
Yuvib o’tar farishta yomg’ir. (x2)
Yomg’ir, yomg’ir,
Yuragimga sanchilar yomg’ir.

Yuragimga sanchilar yomg’ir. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 18, 2013