Ko’zlaring domiga ilindim Zebo,
Oh, naqadar teran naqadar ma’no.
Bundan qutulmoqlik mushkuldir, ammo
Qutulmoq istamas xayolim uchqur.

Bundan tortib olma sochlaring bilan,
Yutib yuborsa ham mayliga ko’zing,
Mayliga roziman bir umrga man
Ko’zlaringda qolsam bo’lib mahbusing.

Ko’zlaring domiga ilindim Zebo,
Oh, naqadar teran naqadar ma’no.
Bundan qutulmoqlik mushkuldir, ammo
Qutulmoq istamas xayolim uchqur.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zebo
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 23, 2014