Men ketaman endi, yorim ko’zing yoshlama,
Endi boshqa qaytmayman, sababini so’rama.
Ko’r ekan ko’zlarim – yolg’onlarga duch keldim,
Armon to’la qalbimda parcha-parcha yuragim.

Senda edi bu qalbim,
Armon to’la yuragim.
Senda edi bu ko’nglim meni,
Barbod endi orzularim.

Endi o’chirib bo’lmas, aslo ko’chirib bo’lmas,
Bu qilgan gunohing aslo kechirib bo’lmas.
Zor ekan ko’zlaring yana meni yonimga,
Endi sening so’zlaring yetib bormas qalbimga.

Senda edi bu qalbim,
Armon to’la yuragim.
Senda edi bu ko’nglim meni,
Barbod endi orzularim.

Senda edi bu qalbim,
Armon to’la yuragim.
Hey, senda edi bu ko’nglim meni,
Barbod endi orzularim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 29, 2015