Shohruhxon - Armonim

Shohruhxon

Armonim

Armonim yo’q edi ko’rmaganda seni,
Ko’zda yoshim yo’q edi aslo.
Seni o’ylamasdim, baxtliroq yurardim,
Hasratim ko’klarga bo’ldi bir sado.

Ko’p ishonar eding kumush yuzlaringga,
Go’yo tengi yo’qsan butun bu olamda.

Inobatga olmading so’zlarimni,
Yo’llaringga zor etding ko’zlarimni.
Nega endi yig’laysan, jonim nega,
Aybdorliging bilmaysan nega yana?

Bilmading, bilmading… (x2)

Nega kelding yana, sig’maydi aqlimga,
Farqlar topolmadim nigohlaringda.
Termulib yuzimga nimalar kutasan,
Sen emasmi meni beqarorlar etgan?

Inobatga olmading so’zlarimni,
Yo’llaringga zor etding ko’zlarimni.
Nega endi yig’laysan, jonim nega?
Aybdorliging bilmaysan nega yana? (x2)

Heyy, heyy
Bilmading, bilmading… (2x)
Heyy…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armonim
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 14, 2014