Barcha shodlik senga bo’lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog’lik senga bo’lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo’lsin barcha husnu,
Menga bo’lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga bo’lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.

Ol o’zing koshonalarni,
Menga qo’y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.

Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik bo’lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.

Senga bo’lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo’lsin,
Bor tikanzorlik menga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Barcha shodlik
Xonanda:
Nilufar Usmonova, Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 28, 2015