Shohruhxon & Shaxriyor - Bo'rilar

Shaxriyor, Shohruhxon

Bo’rilar

Hayot, meni yosh deb o’ylama,
Bilaman, ko’rganman
Dardu-g’am, alamu tashvishni.
Ko’rdim baxtsizlik, ochlikni,
Shu ekan mani dardim, mani izhorim.

Nega hayot berildi, bo’lmasa agar,
Hamma bir-biriga tuzoq qo’ysa?
Do’st sotar do’stini, qilmay erkak ishini
Va yo’qotar bor vijdonni.

Kimga keragim bor meni,
Kimni do’st bilay endi?
Sariq chaqasiz cho’ntagim,
Oilam edi bor-yo’g’im.

Qoidalar ko’mar meni qayg’uga,
Kimda mansab, kimda taxtu, yetmoqda orzuga,
Na mehr, na oqibat, yiqilmaslikka harakat,
Yo’qchilik va sitamni tan olmas ular.
Chunki ota karvoniga ishonar shunchalar,
Boylar ham qon yig’lar – buni hayot deydilar.

Sirtlonmasmiz, biz – bo’ri,
O’z nafsimiz mag’lubi,
O’lja bo’lma, qoch yo’ldan,
Jon shirin bo’lsa, qo’rquvda bo’rilar.

Kimdir yashar beg’ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do’stini,
Kimdir yo’qotar uni.

Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.

Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o’zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan.

Azob ichimda, dard tirnar qalbimni,
Qonli yozilgandir umr daftari,
His qilish qiyin g’urur borini,
Bag’ishladim ushbu so’zlarni.

Hamma mard, chin dovyuraklarga,
Ozodlik uchun kurashgan insonga,
O’z baxtin sotmagan chin donoga,
O’z so’zimga topdim isbot,
Haqlik yo’qotdi ohirgi najot.
Haq o’sha kimda sharaf, kimda boylik,
Bechora mehnatkash esa
Kutar navbat, kutar oylik.

Ammo boyvachchalar changitib ko’chani,
Sarf qilar ota-onasini pulini.
Albatta o’ylamas qatdan kelganini.
Bilgin, hamma narsa o’zgarishi mumkin,
Bugun san shon-shuhratli,
Ertaga esa bo’lma tilamchi.

Sirtlonmasmiz, biz – bo’ri,
O’z nafsimiz mag’lubi,
O’lja bo’lma, qoch yo’ldan,
Jon shirin bo’lsa, qo’rquvda bo’rilar.

Kimdir yashar beg’ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do’stini,
Kimdir yo’qotar uni.

Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.

Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o’zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan.

Sirtlonmasmiz, biz – bo’ri,
Bo’ri, biz bo’ri,
O’lja bo’lma, qoch yo’ldan,
Jon shirin bo’lsa, qo’rquvda bo’rilar.

Kimdir yashar beg’ubora,
Kimdir esa sarsona,
Kimdir topar do’stini,
Kimdir yo’qotar uni.

Hayot sinaydi bizni,
Sinar bardoshimizni,
Kimdir baxtga yetadi,
Kimdir orzu qiladi.

Hayot pastu baland ekan,
Har kim ham mard emas ekan,
Ishonmasang o’zingga,
Bir kun sinib ketar ekansan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bo’rilar
Xonanda:
Shaxriyor, Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 14, 2014