Shohruhxon - Darak yo'q

Shohruhxon

Darak yo’q

Qishlar ham o`tdi, sendan esa darak yo`q,
Bahoru yozlar o`tdi, sendan darak yo`q,
Xazonlar to`kildi kuzda, darak yo`q.
Oradan qancha yillar o`tdi, xabar yo`q,
Sen ketgan kundan beri menda orom yo`q,
Charchadim, sensizlikka malham yo`q.

Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman?
O`zimni balki shu bilan ovutaman!
Bilmayman, endi sensiz netaman?
Sog`inchimga aslo qarshi borolmayman,
Unutay deyman-u, lek unutolmayman,
Tinmayman, seni yana kutaman.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim sen o`zing.
Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga aytolmagan hali so`zlarim bor,
Bir ozga bo`lsa ham yo`qlasayding bir bor,
Quchardim, rozi edim so`nggi bor.
Xayr demay ketding, senga to`yolmadim,
Vidolashishga ham aslo ulgurmadim,
Bilmadim, sendan o`zga demadim, demadim.

Balki hali ham kech emasdir, ber sado,
Paydo bo`lsang, quvonchdan bo`laman ado,
Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo.
Telbaga aylanmoqdaman men tobora,
Ko`zlarim seni izlash bilan ovora,
Dardimga topolmadim bir chora.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
Yuragim dardi, dardi, dardi sen o`zing.
Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,
O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga utloza qilsam, sendan darak yo`q,
Ko`z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo`q…

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Darak yo’q
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 17, 2016