Shohruhxon - Gulilolam

Shohruhxon

Gulilolam

Rostimmisan yoki yo’lg’onim,
Orzuyimmi yoki armonim?
Dardlarimga yolg’iz darmonim –
Muhabbatim sensan sevgilim.

Jonim, axir dunyodan bezdim,
Yolg’izligim men yana sezdim,
Seni izlab qaylarni kezdim,
Muhabbatim sensan sevgilim.

Gulilolamsan, gulilolam,
Yuragimda bir donam,
Sezmaysanmu nigohimdan –
Hayotimga keragimsan. (x2)

Sen ko’nglimni yoritgan chiroq,
Sen bilan bu dunyolar porloq,
Olis ketma, ketmagin yiroq,
Muhabbatim sensan sevgilim.

Jonim, axir dunyodan bezdim,
Yolg’izligim men yana sezdim,
Seni izlab qaylarni kezdim,
Muhabbatim sensan sevgilim.

Gulilolamsan, gulilolam,
Yuragimda bir donam,
Sezmaysanmu nigohimdan –
Hayotimga keragimsan. (x2)

Keragimsan, keragimsan…
Keragimsan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulilolam
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 11, 2013