• Shohruhxon - Gulira'no

    Shohruhxon

    Gulira’no

    Hammayoqda atirgul isi,
    Har narsadan izlayman ma’no.
    Xayolimdan ketmagay isming,
    O, Gulira’no.

    Bir dard o’rtar meni beomon,
    Bu dardga hech bormikin davo?
    Chora istab, chopdim har tomon,
    O, Gulira’no.

    Gulira’no, Gulira’no,
    Gulira’no, bormikin davo? (x2)

    Berolmasman taqdirga firib –
    Sensiz baxtim kulmagay aslo.
    Huzuringga keldim bosh urib,
    O, Gulira’no.

    Men bilmasman ishqning tilini,
    Noming qalbda yashnagay ammo.
    Xazon etma sevgim gulini,
    O, Gulira’no.

    Gulira’no, Gulira’no,
    Gulira’no, bormikin davo? (x2)