Shohruhhon - Insonlarmiz

Shohruhxon

Insonlarmiz

Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg’on,
O’rtada ovora bechora inson.
Kimdur bog’ yaratar, kimning qo’li qon,
Zo’r bo’lsang yo’lingga qo’yishar qopqon,
Ey, do’stim!

Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.

Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuhmatga qorar vahshiylar,
Bormisiz, qo’l bering qani, yaxshilar!
Hayotning to’sig’u zarbalari ko’p,
Yomonning makriyu nag’malari ko’p,
Ey, do’stim!

Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.

(Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Insonlarmiz
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 14, 2013