Shohruhxon - Malikam qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Malikam

Sening ishqingda ey, malak,
Devonaman, devonaman.
Vaslingga yetolmay halak,
Giryonaman, giryonaman.

Nozlaringning adoyiman,
Jamolingning shaydoyiman,
El ichra bir savdoyiman,
Afsonaman.

Ou, ou, ou, malikam, malikam,
Senga umrim bersam kam. (x2)

Dilimni bog`lab dilingga,
Aylandim oshiq qulingga.
Ohlarim to`kib yo`lingga,
Vayronaman, vayronaman.

Azoblaring tuyib-tuyib,
Hijroningda kuyib-kuyib,
Ne ko`rdim, ayt seni suyib?
Hayronaman.

Ou, ou, ou, malikam, malikam,
Senga umrim bersam kam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Malikam
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 9, 2017