Shohruhxon - Mening qo'shig'im

Shohruhxon

Mening qo’shigim

So’rama,
Hol-ahvolim anig’i dardu malomat,
Qara, so’nib boradi yuzda alomat.
Qilma asabimda naqdu daromad,
Iltimosimga diqqatingni qarat.
Balo tuzma, sharoitimni yarat,
Qanaqa bemahal, ham o’sha holat,
Nima bo’ladi bersang so’zga bir fursat?
Xayolim arosat.

Ana deding, xo’p deding,
Yozda qor yog’sa deding.
Kutib ado bo’ldim,
Uyquga zor bo’ldim.
Ko’nglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qo’shig’im.

O’ynama,
Ko’zlarimga qarab, qalbimni sindirma,
Xazil qilsam ko’taradi deb o’ylama.
Ko’ngil bergan ko’nikadi-da dema,
Nozlaru nafosatingga boylama,
Sevamanda foyda bilib kuydirma.
Lablaringni burishtirma, yuz o’girma,
Qora ko’zim o’zingdan meni ayirma,
Ayirma, ayrilma.

Ana deding, xo’p deding,
Yozda qor yog’sa deding.
Kutib ado bo’ldim,
Uyquga zor bo’ldim.
Ko’nglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qo’shig’im. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening qo’shigim
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 28, 2014