• Shohruhxon va Shuhrat Yo`ldoshev - Qizgina

    Shohruhxon

    Qizgina

    [Shuhrat Yo`ldoshev]
    Bir qiz bor-a, ko`chamizdan o`tadi har kunda,
    Xayoli parishon, ko`zlari unda bunda.
    Nega, ko`zlari kimda, uning xayoli kimda,
    Qarashi ne ma’no? (x2)

    [Shohruhxon]
    Balki uning yuragi xasta,
    Yoki xoyu havasda,
    Yoki kimdir bergan ozor,
    Holin so`ra, yoniga bor.

    Qizginaning yuragi xasta,
    Yo sevgidan shikasta.
    Bir gul berib ko`nglini ol,
    Ko`z yoshlari bo`lmasin uvol.

    [Shuhrat Yo`ldoshev]
    Dona-dona qadamini sekingina tashlab,
    Kelar ma’yus, nigohi yuragimni g`ashlar,
    Yana o`tlarga tashlar, bu o`tli qarashlar,
    Qilar mani ado.

    Yanada dona-dona qadamini tashlab,
    Kelar ma’yus, nigohi yuragimni g`ashlar,
    Yana o`tlarga tashlar, bu o`tli qarashlar,
    Qilar mani ado.

    [Shohruhxon]
    Balki uning yuragi xasta,
    Yoki xoyu havasda,
    Yoki kimdir bergan ozor,
    Holin so`ra, yoniga bor.
    Qizginaning yuragi xasta,
    Yo sevgidan shikasta.
    Bir gul berib ko`nglini ol,
    Ko`z yoshlari bo`lmasin uvol. (x2)