• [Shohruhxon]
    Heey, dam dema…

    Hech kimga ma`lum emas holi-parishonim maning,
    Osmonni tiyra qildi ohu-afg`onim maning.

    [Shaxriyor]
    Qalbim nima istar, bilolmadim man shu paytgacha,
    Kechalari oy bilan diydorlashib vidolashaman
    Keladigan tungacha.
    Kunim o`tar. Unda na mazmun, na bir nihoya,
    Na bir hulosayu hikoya.
    Hayotim shu tarz o`taveradi aniq itoatida,
    Mening esa ko`nglim hech bir zamon uchratmagan zoti pokimda.

    [Shohruhxon]
    Dam bu damdir, o`tgan damni dam dema,
    (O`tkan kunni dam dema) dam dema.
    Yorsiz o`tkazgan damni dam dema,
    (Yorsiz kunni dam dema) dam dema.

    Ko`zlarim ochiladi tong sahardan ertalab,
    Yanada kaminadan ne talab, shu dam holatim darg`azab.
    Yumdim ko`zimni, soxta ro`yodan kechdim,
    Har nedin begona bo`ldim.
    Bo`ldim quvg`in man bu dunyo ichinda,
    Bir dona edim, ming dona bo`ldim.

    Dam bu damdir, o`tgan damni dam dema,
    (O`tkan kunni dam dema) dam dema.
    Yorsiz o`tkazgan damni dam dema,
    (Yorsiz kunni dam dema) dam dema.

    Dam dema, dam dema, huo-u dam dema,
    (Quvg`in bo`ldim, quvgin bo`ldim)
    Dam dema, dam dema, huo-u dam dema,
    (Bir dona edim ming dona bo`ldim)

    Dam bu damdir, o`tgan damni dam dema,
    (O`tkan kunni dam dema) dam dema.
    Yorsiz o`tkazgan damni dam dema,
    (Yorsiz kunni dam dema) dam dema. (x2)

    [Shaxriyor]
    Yorsiz kunni dam dema…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.