Shohruhxon - Saharda

Shohruhxon

Saharda

Saharda uyg’ondim erta,
Kayfiyatim o’rta,
Kuladi quyosh,
Xonamning nuqsonin etib fosh.
Yonimda yo’qsan,
Go’yo o’tgan kunsan.

Kezaman olam shu dam beg’am.
Kezaman olamda bardam,
Kimman, qaydam?
Bo’lsam ham, bo’lmasam,
Senga ne dardu alam,
Dardu alam, erkam?

Rostim yolg’onga o’xshar,
Yurak bag’rim muzlar,
Xayol bepayon,
Ahdimning amallar osmon.
Qalbimda borsan, xotiralarimsan.
Hozir qaydasan, jonim?

Kezaman olam shu dam beg’am.
Kezaman olamda bardam,
Kimman, qaydam?
Bo’lsam ham, bo’lmasam,
Senga ne dardu alam,
Dardu alam, erkam?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Saharda
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 20, 2015