Shohruhxon - Sen arazlama go'zalim

Shohruhxon

Sen arazlama go’zalim

Ataylab qiynashing sezib turaman,
Sevganim uchun ham men jim yuraman.
Gar sevish gunoh – bil men gunohkor,
Hammasi uchun o’zim aybdor.

Sen arazlama, go’zalim,
Rostdir, ishon so’zlarim.
Erib ketadi yuragim,
Sen bir kulsang.

Xafa bo’laverasan,
Ming yonib, bir o’chasan.
Baribir meniki bo’lasan,
Sen meniki bo’lasan.

Asalim, bo’ldi qil, jonga tegdi, bas,
Go’zalim, bo’ldi qil, gapim hazilmas.
Seni sevaman borliging uchun,
Gar ishonmasang, sinashing mumkin.

Sen arazlama, go’zalim,
Rostdir, ishon so’zlarim.
Erib ketadi yuragim,
Sen bir kulsang.

Xafa bo’laverasan,
Ming yonib, bir o’chasan.
Baribir meniki bo’lasan,
Sen meniki bo’lasan.

Ou, arazlari jonga tegdi,
Arazlaring jonga tegdi,
Arazlaring jonga tegdi,
Tamom.

Arazlari jonga tegdi, (x3)
Tamom.

Sen arazlama, go’zalim,
Rostdir, ishon so’zlarim.
Erib ketadi yuragim,
Sen bir kulsang.

Xohlasang ham o’sha gap,
Xohlamasang ham o’sha gap,
Baribir meniki bo’lasan,
Sen meniki bo’lasan.

Ou, baribir meniki bo’lasan,
Yana qayga borasan?
Yana qayga borasan?
Sen meniki bo’lasan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen arazlama go’zalim
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 18, 2015