Shohruhxon - Sen bo'lmasang yonimda

Shohruhxon

Sen bo’lmasang yonimda

Sevgingni yashirma, jonginam, sen mendan,
Bunchalar bolavermagin mag`rur.
Yonadi yuragim seni ko`rganimda,
Sehrlading axir mening qalbimni o`zing.

Mo`jiza bo`lib kirding hayotimga, (mening hayotimga)
Sening kipriklaring sanchilar yuragimga. (hu, hu)
Qalbimning tubidan joy olgan ko`zlaring,
Lekin bu ko`zlar qaramas men tomonga.

Hayot yo`q menga,
Sen bo`lmasang mening yonimda.
Hayot yo`q menga,
Sen bo`lmasang yonimda.
Hu-u-hu, sen yonimda.

Aytginchi jonginam, meni qiynamasdan, (meni qiynamasdan)
Qanday tuyg`u yashaydi yuragingda? (hu, hu)
Kim haqida o`ylaysan doim,
Kimni sevasan, kimning yonida bo`lishni istaysan?

Hayot yo`q menga,
Sen bo`lmasang mening yonimda.
Hayot yo`q menga,
Sen bo`lmasang yonimda.
Hu-u-hu, sen yonimda. (x1+x1)

Bo`lmasang agar, hayot ham kerak emas,
Nahot endi yasharman men sensiz, jonginam?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen bo’lmasang yonimda
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 14, 2017