Aytolmas edim senga
Qalbimdagi tuyg’ularim.
Yuborar edim faqat
Muhabbat maktublarim.

Kuzatib yuraman seni,
Yoningga borolmasdan.
G’am to’la dilim,
Senga yetolmasdan.

SMS yubor menga,
Javob yoz savolimga.
“Sevaman” deb yozganman,
Javobingni kutaman. (x2)

Maktublarimga yozay
Sirlarim, izhorlarim.
Oshkora etay senga
Ishqingda bedorligim.

Shunchalar oshiq dilim,
Aytolmay ojiz tilim.
Naqadar olisdasan
Nozik yorim.

SMS yubor menga,
Javob yoz savolimga.
“Sevaman” deb yozganman,
Javobingni kutaman. (x2)

SMS… SMS… SMS…

SMS yubor menga,
Javob yoz savolimga.
“Sevaman” deb yozganman,
Javobingni kutaman. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
SMS
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 2, 2015