Shohruhxon - Xayolim senda

Shohruhxon

Xayolim senda

Qorong`udir bu kecha bugun,
Bu ko`cha esa judayam uzun,
Jonginam eslayman.
Seni eslab ko`chani kezaman,
Visolingni ko`rishni istayman,
Sevgilim izlayman.

Xayolim, xayolim senda,
Xayolim, xayolim senda. (x2)

Yuragimda sevgimni asrayman,
Jonim, seni hech kimga bermayman,
Jonginam, sevaman.
Hamdu-sano yo`limda aytaman,
O`z-o`zimdan quvonchga to`laman,
Sababi – baxtliman.

Xayolim, xayolim senda,
Xayolim, xayolim senda. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayolim senda
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016