• Shohruhxon - Yaxshi ko'raman

    Shohruhxon

    Yaxshi ko’raman

    Ko`zlarim seni deya uyqu bilmaydi,
    Sog`inganimdan seni ko`rgim keladi,
    Baribir sevaman, kutaman, desam,
    Nega ishonmaysan?

    Bu ketishda aqldan ozsam kerak,
    Aqlning so`ziga kirmaydi yurak,
    Baribir sevaman, kutaman, desam,
    Nega ishonmaysan?

    Devonalarcha yaxshi ko`raman, o`ylab to`ymayman,
    Lekin nimagadir borolmayman.
    Afsonalarcha, telbalarcha sevaman,
    Seni kutaman, desam nega yana menga ishonmaysan?
    Ishonmaysan…

    Qadaming ustidan qadamim bosib,
    Turibman qarshingda orzular qilib,
    Bo`salar olaman, bag`rimga bosaman,
    Desammikan senga?

    Birga ketar bo`lsak, armon qolmasdi,
    Yetar endi, yig`ishtir nozlaringni,
    Bilaman sevasan, kutasan, qachon
    Kelishimni yana.

    Devonalarcha yaxshi ko`raman, o`ylab to`ymayman,
    Lekin nimagadir borolmayman.
    Afsonalarcha, telbalarcha sevaman,
    Seni kutaman, desam nega yana menga ishonmaysan?
    Ishonmaysan…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.