Shohruhxon - Yomg'ir

Shohruhxon

Yomg’ir

Yomg`ir yog`sin tonggacha…
Yomg`ir yog`sin… {x2}

Tun uzayaver, bugun menga yordam ber,
Hamma ishga sen o`zing, qodirsan-ku bir o`zing.
Yomg`ir yog`aver, tinmay jala quyaver,
Tinib qolmagin aslo, ketmasin yonimdan u.

Tushim o`ngimga aylanganda undan meni ayirma,
Undan meni ayirma.

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin, mening yonimda, yonimda.

Soat shoshilma, tong otdi, deb jar solma,
Faqat bir kun, mayli bir zum, mayli bir kunga.
Jonim uyquda, uyg`otmagin behuda,
Tilagin sen bizga xayrli tunni yana.

Tushim o`ngimga aylanganda undan meni ayirma,
Undan meni ayirma.

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin, mening yonimda, yonimda.

Momaqaldiroq, gumburlagin qattiqroq,
U ketmasin yonimdan, ketolmasin yonimdan.
Chaqnagin chaqmoq, osmon bo`lsin yorqinroq,
U ketmasin yonimdan, ketolmasin yonimdan.

Odamlarni uylaridan chiqarmagin sen aslo,
U ham bo`lsin mening yonimda, yonimda.

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin, mening yonimda, yonimda.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016