Shohruhxon - Zo'r O'zbekiston qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Zo’r O’zbekiston

Ajdodlarim yurti, muborak tuproq,
Sog`inchim, tayanchim, jonim, jahonim.
Men seni sevarman har nedan ko`proq,
Onamdek mehribon O`zbekistonim.

Ne baxtki, tug`ildim farzanding bo`lib,
Bag`ringda yasharman, yo`qdir armonim.
Sharqning oftobidek turibsan kulib,
Onamdek mehribon O`zbekistonim.

O`zbekiston, hur o`lkam mening,
Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening.
Har kuni o`zingga baxtlar tilayman,
Buyuk, tanho diyorim mening.

Bepoyon dunyoda hur O`zbekiston,
Zo`rlarni yenga olgan zo`r O`zbekiston.
Sen tomon tikilgan ko`zlar qamashsin,
Quyoshdek porlagin, nur O`zbekiston.

Bag`ringda baxtiyor o`gil-qizing bor,
Olamga tik qara, yorug` yuzing bor.
Avlodlar kuylasin, qilsin iftixor,
Asrlar bag`rida o`chmas izing bor.

O`zbekiston, hur o`lkam mening,
Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening.
Har kuni o`zingga baxtlar tilayman,
Buyuk, tanho diyorim mening.

Buyuk, tanho O`zbekistonim!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zo’r O’zbekiston
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2017