Tunlarni kunlarga ulab sog`inaman seni,
Sog`inchlarim azob bersin, lekin
Ko`rsaydim yana seni.

Men sevardim, ishonardim,
Lek javobing jazomidi?
Bu xiyonatingni qanday o`chiray aqlimdan,
Aqlimdan?

Sog`inaman yuragimdan, yuragimdan sog`inaman,
Tunlari man, kunlari man.
Sog`inganman seni man,
Jonim bevafo bo`lsang ham.

Sog`inaman yuragimdan, yuragimdan sog`inaman,
Bevafoginam, bedavoginam.
Sog`inaman seni man,
Hatto sevmasang ham, aldasang ham.

Yana tomchiladi yomg`ir,
Yana tomchiladi ko`z yosh,
Bu jazomi yoki qasos?
Ayt, qaysi gunohim uchun qasos yoki jazo?

Yana tomchiladi yomg`ir,
Yana tomchiladi ko`z yoshlarim,
Bu jazomi yoki qasos?
Aytgin yorim, aytgin jonim.

Mening yuragimni, mening xayolimni
O`g`rlagan o`sha shahlo ko`zlar begona endi.
Mening yuragimni, mening xayolimni
Egallagan o`sha qizaloq begona endi. (x2)

Tunlarni kunlarga ulab sog`inaman seni,
Sog`inchlarim azob bersin, lekin
Ko`rsaydim yana seni.

Sog`inaman yuragimdan, yuragimdan sog`inaman,
Bevafoginam, bedavoginam.
Sog`inaman seni man,
Hatto sevmasang ham, aldasang ham…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jazo
Xonanda:
Shohruz (Abadiya)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 31, 2016