• Shohruz (Abadiya) - Qaro ko`z

    Shohruz

    Qaro ko’z

    Yuragim yig`laydi yolg`ondanmas,
    Ko`zlarim kuladi, bu osonmas.
    Qo`llarim yetmadi yorimga,
    Rozilar bo`lmadi yor bo`lishga. (x2)

    Har kun qo`limda gullar, yo`llaringni kutardim,
    Har kun qo`limda gullar, qo`llaringdan tutardim.
    Nega endi sevgimni rad etasan, dilbarim?
    Nega endi sovchilarga yo`q deding, go`zalim?

    Qaro ko`z, qaro ko`z, dardga mubtaloman,
    Qaro ko`z, qaro ko`z, ishqingda adoman.
    Qara qancha qizlar atrofimda parvona,
    Jahl qilib bittasiga uylanib olaman-ey.

    Yuragim yig`laydi yolg`ondanmas,
    Ko`zlarim kuladi, bu osonmas.
    Qo`llarim yetmadi yorimga,
    Rozilar bo`lmadi yor bo`lishga. (x2)

    Yor, ko`zlari humor,
    Yor, rozi bo`laqol.
    Qo`llaringni bergin qo`llarimga,
    Olib boray onajonim oldiga.

    Qaro ko`z, qaro ko`z, dardga mubtaloman,
    Qaro ko`z, qaro ko`z, ishqingda adoman.
    Qara qancha qizlar atrofimda parvona,
    Jahl qilib bittasiga uylanib olaman-ey.

    Yuragim yig`laydi yolg`ondanmas,
    Ko`zlarim kuladi, bu osonmas.
    Qo`llarim yetmadi yorimga,
    Rozilar bo`lmadi yor bo`lishga. (x2)