• Shohruz (Abadiya) - Tomchi

    Shohruz

    Tomchi

    Ketdi yor,
    Nahot endi u qaytmaydi?
    Ketdi yor,
    Nahot endi sog`inmaydi?

    Mayli ketsin yor,
    Hayot to`xtab qolmaydi.
    Alam qilgani bor –
    O`zga go`zal ham bor edi.

    Halovatim yo`qoldi
    Seni ko`rgan kundan beri.
    Ming afsuslarda qoldim,
    Axir o`zga go`zal ham bor edi. (x2)
    Yonaman-o.

    Tomchi ko`z yoshman, ko`zlari daryoman,
    Sog`inch hamonman, o`shal yomonman,
    Tunlari sog`ingan zoru bedoringman.

    Birga o`tkazgan damlarni
    Sog`inib ketdim deganingda,
    Shirin-shirin bo`salarni
    Bedor o`tgan tunlarni
    Sog`inib-sog`inib qolaman-da.
    Bevafo yor, qasding bormidi?

    Yuragim hali beri ko`nikmaydi,
    Bevafo yor ketar bo`lding.
    Sog`inchim yuragimni tirnaydi,
    Bevafo yor ketar bo`lding.

    Halovatim yo`qoldi
    Seni ko`rgan kundan beri.
    Ming afsuslarda qoldim,
    Axir o`zga go`zal ham bor edi.

    Halovatim yo`qoldi
    Seni ko`rgan kundan beri.
    Ming afsuslarda qoldim, jonim,
    Axir o`zga go`zal ham bor edi.

    Tomchi ko`z yoshman, ko`zlari daryoman,
    Sog`inch hamonman, o`shal yomonman,
    Tunlari sog`ingan zoru bedoringman. (x2)

    Ketdi yor…