• Shohsanam - Devona qilsin

    Shohsanam

    Devona qilsin

    Mening ishqim seni devona qilsin,
    Mayxonalar ichra mastona qilsin,
    Kunduzlar bo`lmasin tinching, oroming,
    Tunlari holingdan begona qilsin.

    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mening ishqim seni devona qilsin.
    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mayxonalar ichra mastona qilsin.

    Vasl istab Majnun misoli sen ham,
    Ovora bo`l, do`stlar afsona qilsin.
    Olov sevgim sening bag`ring o`rtasin,
    Devona darvishga hamxona qilsin.

    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mening ishqim seni devona qilsin.
    Devona qilsin, devona qilsin,
    Devona darvishga hamxona qilsin.

    Ko`ksingni kuydirsin ishq o`ti toki,
    Ra’no deb ko`klarga giryona qilsin.
    Olov sevgim sening bag`ring o`rtasin,
    Devona darvishga hamxona qilsin.

    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mening ishqim seni devona qilsin.
    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mayxonalar ichra mastona qilsin.

    Devona qilsin, devona qilsin,
    Mening ishqim seni devona qilsin.
    Devona qilsin, devona qilsin,
    Devona darvishga hamxona qilsin.