Shohsanam - Oshiq dilim

Shohsanam

Oshiq dilim

Ko`nglim yaqin, yo`lim olis,
Yetolmayman, yetolmayman.
Dardim kuylab ko`changdan bir
O`tolmayman, o`tolmayman.

Oshiq dilim vayrona,
Ko`yingda yona-yona,
Kuydirmagin azobda-ey,
Sevgingdan tona-tona. (x2)

Yuz-ko`zingdan bo`sa olib,
Ishq gulobin icholmayman. (x2)
Na kun senga boshim qo`yib,
Soching silab, qucholmayman. (x2)

Oshiq dilim vayrona,
Ko`yingda yona-yona,
Kuydirmagin azobda-ey,
Sevgingdan tona-tona. (x2)

Fikrim-yodim, faqat senda,
Qanotim yo`q, ucholmayman. (x2)
Vujudim ichra jondirsan,
Axir jondan kecholmayman. (x2)

Oshiq dilim vayrona,
Ko`yingda yona-yona,
Kuydirmagin azobda-ey,
Sevgingdan tona-tona. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oshiq dilim
Xonanda:
Shohsanam
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016