• Shohsanam - Ota-ona

    Shohsanam

    Ota-ona

    Onang ziyosida Tangri nuri bor,
    Otang duosida quyosh qo`ri bor.
    Agar xush duolar bo`lsin desang yor,

    Yashasang dunyoda, otam deb yasha,
    Barchadan ziyoda – onam deb yasha! (x2)

    Onang allasidan chin orom topding,
    Otang rizq keltirdi – xush taom topding.
    Avval g`oz-g`oz turding, keyin zir chopding,

    Jonimda madorim otam deb yasha,
    Dil bergan dildorim onam deb yasha! (x2)

    Otang – tog`, talpinsang chorlab turguvchi,
    Onang – bog`, qarshingda porlab turguvchi.
    Sendan dunyo emas, mehr so`rguvchi,

    Siz qadri qalqonim, otam deb yasha,
    Siz mehri ummonim, onam deb yasha! (x2)

    Har ko`ngil g`aribdir onasiz asli,
    Farzandlar otaning izdagi nasli,
    Hatto ikki juftdir falakning fasli,

    Yakkasiz, yagonam, otam deb yasha,
    Makkamsiz, Madinam, onam deb yasha! (x2)