Shohsanam - Sog'indim jonim

Shohsanam

Sog’indim jonim

Bugun seni sog`indim, jonim,
Bag`ringga bosh qo`ygim keladur. (x2)
Aytgan shirin so`zlaring eslab-ey,
Seni izlab topgim keladur. (x2)

Nima qildim senga, mehribon,
Meni tashlab ketding yiroqqa.
Hamroh qilib hijron va g`amni-ey,
Mahkam bog`lab qo`yding firoqqa.

Hamroh qilib hijron va g`amni-ey,
Mahkam bog`lab qo`yding firoqqa.

Umr o`tar, o`tar fasllar,
Shaksiz o`tgay yaxshi-yomon kun. (x2)
O`tarmu bu hijron va g`amlar-ey,
Jonim, sensiz o`tgay umr, tun. (x2)

Chirog`imsan yo quyoshimsan,
Sen bilan baxtimdir ijobat.
Nihol kabi senga intildim-ey,
Kelgin endi, qolmadi toqat.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim jonim
Xonanda:
Shohsanam
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2016