• Shohzamon - Hindistondan xat

    Shohzamon

    Hindistondan xat

    Hindistondan xat oldim,
    Yozuvlari ham hindcha.
    Sevib qoldim, debdi-yo
    Bombeylik go`zal qizcha. (x2)

    Nahot baxtim shu bo`lsa?
    Nahot omadim chopdi?
    Qo`shiqlarimni tinglab,
    Muxlisam sevib qobdi.

    Suratin ham yuboribdi,
    Yoqimtoy, ko`zi jayron.
    Bu ishlardan men hayron,
    Muxlisam sevib qobdi.

    Hindistondan xat oldim,
    Yozuvlari ham hindcha.
    Sevib qoldim, debdi-yo
    Bombeylik go`zal qizcha.

    Bombeylik go`zal qizcha… {x4}

    Sog`ingandir u, diydor shirin,
    Borib bag`rimga bosay.
    Tong otsaydi, shoshilaman
    Bombey tomon yo`l ola.

    O`zbek qizi xafa bo`lmang,
    Men ham emasman yomon.
    Borolmayman baxtga qarshi,
    Xayr endi Hindiston.

    Hindistondan xat oldim,
    Yozuvlari ham hindcha.
    Sevib qoldim, debdi-yo
    Bombeylik go`zal qizcha. (x1+x2)

    Bombeylik go`zal qizcha… {x5}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.