• Shohzamon - Onam meni

    Shohzamon

    Onam meni

    Onam meni “oppog`im” deydi,
    Koshki edi tunda ko`rinsam.
    Onam meni “mehribon” deydi,
    Bir yilda bir shirin gapirsam.

    Onam meni “bahorim” deydi,
    To`rt fasldir yo`qlamasam ham.
    Onam meni “polvonim” deydi,
    Dardi-yukin ko`tarmasam ham.

    Toshbag`ir ekanman, beshafqat o`g`il,
    Onajon, o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil.
    Barini angladim, angladim bir-bir,
    Men Shohzamon, beshafqat o`g`ilman, o`g`il.

    Hoyu-havas ortidan chopib,
    Ko`cha-ko`ydan mehribon topib.
    Yuraverdim taralli-yallo,
    Yon atrofga baxtiyor boqib.

    Uyda eshik g`ichirlasa bas,
    Onam “o`g`lim keldimu” derkan.
    Men bormasam, tonggacha kutib,
    “O`g`limning ishlari ko`p” derkan.

    Onam meni “oppog`im” deydi,
    Koshki edi tunda ko`rinsam.
    Onam meni “mehribon” deydi,
    Bir yilda bir shirin gapirsam.

    Onam meni “bahorim” deydi,
    To`rt fasldir yo`qlamasam ham.
    Onam meni “polvonim” deydi,
    Dardi-yukin ko`tarmasam ham.

    Toshbag`ir ekanman, beshafqat o`g`il,
    Onajon, o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil.
    Barini angladim, angladim bir-bir,
    Men Shohzamon, beshafqat o`g`ilman, o`g`il.

    Tushundingmi, hayot, ichimdan nimalar o`tadi?
    Tushundingmi, hayot, onam mendan nelar kutadi?
    So`raganim beraqolgin, ko`p sinama bardoshim,
    Tishlarimni tishimga qo`ysam sinib ketadi.

    Onam meni “oppog`im” deydi,
    Koshki edi tunda ko`rinsam.
    Onam meni “mehribon” deydi,
    Bir yilda bir shirin gapirsam.
    Onam meni “bahorim” deydi,
    To`rt fasldir yo`qlamasam ham.
    Onam meni “polvonim” deydi,
    Dardi-yukin ko`tarmasam ham. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.