Shohzamon - Qo'zigul

Shohzamon

Qo’zigul

Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim yurak yutib kelaverdim, Qo`zigul.
Voy-voy qurg`ur, yo`q-yo`q dema, yo`q demagin, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul.

Dabdurustdan kelaverdim, faqat tushunma yomon,
Uylanishga qaror qildi oshiq xofiz Shohzamon.
Dabdurustdan kelaverdim, faqat tushunma yomon,
Uylanishga qaror qildi jahongashta Shohzamon.
Sen sevasan, men sevaman, so`ra senga jon beraman,
Bir qarorga kel endi, men ertaga kelaman.

Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim yurak yutib kelaverdim, Qo`zigul.
Voy-voy qurg`ur, yo`q-yo`q dema, yo`q demagin, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul.

Yor bo`lmadi hech qanaqa malla sochu madamlar,
Hind qizidan qolib ketdi yuragimda alamlar. (x2)
Ammavachchang Kosagulga yurak yorib yengil tortdim,
Qo`zigul, Qo`zigul.
Sharoitdan kelib chiqib noz qilsinda,
Qo`zigulga aytib qo`ygin, Kosagul, Kosagul.

Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim yurak yutib kelaverdim, Qo`zigul.
Voy-voy qurg`ur, yo`q-yo`q dema, yo`q demagin, Qo`zigul. (x2)

Sen sevasan, men sevaman, so`ra senga jon beraman,
Bir qarorga kel endi, men ertaga kelaman.

Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim yurak yutib kelaverdim, Qo`zigul.
Voy-voy qurg`ur, yo`q-yo`q dema, yo`q demagin, Qo`zigul,
Shaxsan o`zim qo`llaringni so`rab keldim, Qo`zigul.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qo’zigul
Xonanda:
Shohzamon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 11, 2017