Shomahmud Shorahmedov - Yangi oy chiqqan kecha

Shomahmud Shorahmedov

Yangi oy chiqqan kecha

Sevganim bir yor edi,
Hurmatim bisyor edi. (x2)
Bevafo erkam malak,
Men esa jonim halak.

Rishtani buzdi o`shal,
Ahdini buzdi o`shal,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.

Kim boqib lol bo`lmagay,
Oshuftahol bo`lmagay.
Xoh shirin, xoh g`amlidur,
Xoh u bir damlidur.

Yod etish ham qarz erur,
Yod etish ham farz erur,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.

Yodima tushdi, netay,
Sharhi g`am kimga aytay?
Dilda g`am, ko`zlarda nam,
Goh uni yod aylasam.

Yuragim dardga to`lar,
Eski dard yangi bo`lar,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.

Yangi oy chiqqan kecha…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yangi oy chiqqan kecha
Xonanda:
Shomahmud Shorahmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 26, 2016