Shoxrux – Bachkana

Shoxrux

Bachkana

Kamchilik – hamisha qorin och bolalar,
Zangiota mahalla ko`chalaridan ular.
Kambag`al, peshona yozilgan “dolya”,
Ota bilmagan, ona ko`rmaganlar.

Badani yag`ir, kasali kammas,
Tibbiy yordamiga har biri muhtoj.
Sadaqa olgan, yalinib bo`lsada harna,
Ochligidan o`g`irladi noiloj.

Amallab kun o`tkazganlar,
Qamalib achinganlar,
Yiqilib qayta turganlar,
Bag`ishladim ashula! (x2)

Bachkana bo`lgan va’dalar kunda,
Xalq qulog`iga nimalarni osgan?
Tilla tishini ochib, tirjayib turgan,
“Maska”ni kiyib, u da’vat boshlagan.

Soddami odam, yumshoq paxtamasmu,
Suv shimganidek yolg`onni emasmu?
Bechora kimki o`ylasa xuddi,
Tashqari Xudodan, hayotingga jon berdi.
Bechora kimki…
Tashqari Xudodan, hayotingga jon berdi.

Amallab kun o`tkazganlar,
Qamalib achinganlar,
Yiqilib qayta turganlar,
Bag`ishladim ashula! (x4)

Bag`ishladim, bag`ishladim ashula…
Bag`ishladim, bag`ishladim ashula…

Bechora kimki…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bachkana
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016