• Shoxrux - Bolaligim

    Shoxrux

    Bolaligim

    (“onajon” va “мама”… (x2))

    Kim keladi erta indin, mani so`rab,
    Degan savolga javob ila yo`q yoki aldaydilar.
    Ketma-ket o`tadi, kunlarim jim o`tadi,
    Nazarim mani ko`chada, yo`llarda balki aynan.

    O`tgan ketganlarga qarab, havas qilaman,
    Ular oila, ular ota-bola.
    Dunyoda eng yaqin insonlar bir-biriga,
    Davom etadi, hayot davom etadi.

    Kino qayta qo`yganday, niyatda kun ham o`tadi,
    Nazarimda, ostonadan ota-onam:
    “O`g`lim bugun uyga qaytamiz”…
    (Sog`indim onajon…)

    Osmondagi serquyosh, hamisha bo`lsin yondosh, bolaligim,
    Toki ajoyib kunlar, ota-ona bag`rida bolaligim.
    Ko`z yosh to`kilgan kunlar, xursand bo`lgan kechalar, bolaligim,
    Baxt soniyalar sanab, kechayu kunduz eslab, bolaligim.

    (“onajon” va “мама”… (x2))

    Va qancha bolalar dunyoda, esda bo`lishi kerak,
    Xudoning bandasi ular.
    Aytolmaganlar “onajon” va “мама”,
    Ota so`zi, yordamin bilmaganlar ham.

    Yetim qoganlar begunoh, beayb,
    Zero yig`lab va chidaganlarga atab
    Bag`ishladim bu q`oshig`im atayin.

    Ota duosin olmaganlar, (Ota duosin olmaganlar)
    Aka yelkasin sezmaganlar, (Aka yelkasin sezmaganlar)
    Singil erkasi bilmaganlar (Singil erkasi)
    Ona sutini emmaganlar. (Ona sutini)

    Osmondagi serquyosh, hamisha bo`lsin yondosh, bolaligim,
    Toki ajoyib kunlar, ota-ona bag`rida bolaligim.
    Ko`z yosh to`kilgan kunlar, xursand bo`lgan kechalar, bolaligim,
    Baxt soniyalar sanab, kechayu kunduz eslab, bolaligim.

    (“onajon” va “мама”… (x2))