• Shoxrux - Chilparchin qo'shiq matni, lyrics

    Shoxrux

    Chilparchin

    Mana yana kech tushdi, yana xayol parishon,
    O`zboshimcha ko`ngil ko`zida yana yosh, ishon.
    Dard kishan soldi yana yuragim qo`llariga,
    Yolg`iz harakatlanmoqdaman qora “капюшон”da.

    Ha mayli, ha mayli, ha mayli,
    Man ila yoki o`zing baxtli bo`lsang bo`ldi, Layli.
    Azoblar chekdim sen tufayli,
    Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli.

    Axir yaqin do`stimdeksan san manga,
    Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko`zlaringning rangi.
    Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi,
    Ikki karmonim quruq, ammo qizig`i yo`q sanga.

    Shuncha birga o`tgan yillar chekinar,
    Bir umrga ayrildim, deya g`amlar chekilar,
    Dardlar chekilar.

    Yuragim chilparchin bo`lsada, yor, sog`inchdan garchi,
    Endi hech qadam tashlamasman san tomon.
    Qoshi kamon, bo`l omon,
    Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom. (x2)

    G`amni aks etar nigohim, kayfiyatim yomon,
    O`sha kundan beri rangi-ro`yim xuddi somon.
    San tomon yetaklaydi bo`ysunmas oyoqlarim,
    Nima bo`lgan taqdirda ham, jonginam, bo`l omon.

    Xayr, mandan go`zalim o`zing ayir,
    Hamda qo`sh azobni barobar yolg`iz o`zing sayr.
    Ayriliq ko`chasida qo`l ushlashib dard bilan,
    Bor, boraqolgin endi borishni istasang qayer.

    Lab, lablaringdan ortiq olmayman bo`sa,
    Talablaringdan oxir to`ldi sabr-kosa.
    Hamon sevaman rosa, behazil, ishon rostdan,
    Ammo endi bo`lmaymiz san bilan hattoki do`st ham.

    Keraksiz qiynoqlarning, ayt, nima keragi bor?
    A to`gri, yurak qurg`ur tanho sanga zor.
    Biroq aytilgan gap – otilgan o`qdek, bilsang,
    Alvido, yor…

    Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchda garchi
    Endi hech qadam tashlamasman san tomon
    Qoshi kamon bo`l omon tan olish kerak
    Na iloj ahir barchasi tamom.

    Yuragim chilparchin bo`lsada, yor, sog`inchdan garchi,
    Endi hech qadam tashlamasman san tomon.
    Qoshi kamon, bo`l omon,
    Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.