Shoxrux - Do'st

Shoxrux

Do’st

Bu voqeani man o’ylab topganim yo’q.
Bu haqiqat. (hh’e) hayotning haqiqati.
Yo, aha, a bir, bir qiz uchun! oh.. yo..

Man bilan yurding, borimni ko’rding,
Do’stman deb doim manmanlik qilding.
Ichimga kirding (ha), sirimni bilding (ha),
Keyingi qadamni yuzimga qo’yding.

Bir qiz uchun do’st sotish bu juda yomon,
Bundan keyin hurmating qolmaydi omon.
Bir qiz uchun-a, sevgi uchun (ye, ye)
Xor bo’lding, bola, bir qiz uchun.
Yo-hh’e.. Sanmisan do’stim? Yo-yo..

Do’stim agar bo’lsa manga dushman,
Yordam kutib yashay unda kimdan?
Doim xavf tayyor turar zimdan,
Do’stim agar bo’lsa manga dushman. (x2)

Ikkinchisi ketdi..

Sevgan qizimni, mani ozimni
G’iybatlar to’qib, yerga bulg’ading.
Xo’rlangan bir qiz (hey) qolmadi sanga,
Bolmadi manga (aha), na foyda topding?

Mandan qaytmas, kutmagin, kutgin hayotdan,
O’zga chorang qolmaydi, afsus faryoddan.
Bir qiz uchun-a, sevgi uchun (ye, ye)
Xor bo’lding, bola, bir qiz uchun.
Ha-ha, sandan kutmagandim..

Do’stim agar bo’lsa manga dushman,
Yordam kutib yashay unda kimdan?
Doim xavf tayyor turar zimdan,
Do’stim agar bo’lsa manga dushman. (x2)

Yonayotgan kuchli g’azab qichitadi qo’llarimni,
Bosib jahlim, tiydim zorg’a man o’zimni, so’zimni.
Tiydim man o’zimni, unutilmas bu voqea g’ajidi dilimni,
Bir qiz uchun-ey, a ne uchun-e, nima qilding-ey, do’st sanmisan?

Achinaman ahvolingga, dushman bo’lding do’stingga,
Yaxshi-yomon kunlaringda endi kim bor yoningda?
Ahvolingga… yoningda…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2015