• Shoxrux - Hayot

    Shoxrux

    Hayot

    (Yo-yo) Niyatiga yetadi baribir bir kuni,
    Har xil mayda gaplarning olovsiz tutuni.
    Bularning boshida turadi bir narsa –
    Hasad, ko’ra olmaslik, q’orqoqlik shu narsa.

    Qancha chidash mumkin yolg’on, tuhmatlarga?
    Ko’zingni yumib, yutib o’tasan qachongacha?
    Ey hayot, meni majbur qilmagin qasosga,
    Alam ustida o’tib ketmay shayton yo’liga.

    Berging kelsa, bergin hayot oldin dushmanimga,
    Manga bera qolgin qachon kelib qolsam xayolingga.
    Endi imkonimga qarab qilaman orzuni,
    Endi sal-pal chaqib qoldim hayotning mag’zini.

    Hursand qilib, erkalatib o’xshatding zorimni,
    Endi nimaga yiglatib, olib qo’yding borimni?
    Sog’indim, soddaligimning tutadi xumori,
    Aniq bildim, har nimaning kerakdir me’yori.

    Har kun bersa yaxshi,
    Har kun bo’lsa yomon,
    Kam-kam bersa yaxshi,
    Ko’p-ko’p bo’lsa yomon. (x2)

    Ayblar aytilmas to’gri yuzlarga,
    Eshitilmay qoladi, haqiqat yo’q.
    Payt keladi, ko’z tushganda ko’zlarga,
    O’yaman deganda biror cho’p yo’q.

    Odamzod siqilib, o’ylayverma armonni,
    Yengil deb ko’ngil bermagin qiyinga.
    Bermasa qo’yavergin bu zamonni,
    Sog’ligingni asragin san keyinga.

    Aytdimku, sal-pal tushundim hayot o’yinini,
    Bildim, sekin o’pirarkan ravon yo’lini.
    Kimdir qolib ketsa o’nqir-cho’nqirida uni,
    Sinab, kuzatib, tekshiradi odam kuchini.

    Kuchga nima kiradi, iymon, vijdon, uyat,
    Baribir hayotda yo’q ekan haqiqat.
    Endi hayot berganini ko’zimga suraman,
    Bermaganiga Xudo xohlasa kurashaman.
    Boya aytganimdek, ko’nglim nimani qilsa xumor,
    Endi bildim, har nimaga kerak ekan me’yor.

    Har kun bersa yaxshi,
    Har kun bo’lsa yomon,
    Kam-kam bersa yaxshi,
    Ko’p-ko’p bo’lsa yomon. (x2)

    Man Shoxruxman, man aniq bilaman,
    Bu dunyoda hamma narsa Xudodan.

    На улице город в каменных джунглях,
    Покой нам только снится чем вечерело шумно.
    Половина мир, поло-половина войны,
    А между ними рай, ара тока не достойны.

    Апокалипсис дьявола каприз,
    Да выживает тот, кто начнёт охоту.
    Упакован полно, вооружен на тонну,
    На чеку боец, это боевая зона.

    Но давно обманчивая ночь,
    Сомнения прочь и ночь чужая дочь.
    И брат у врат, а может даже враг,
    [Don’t shoot, don’t stop, it’s war about drag] – for freestyle

    Har kun bersa yaxshi,
    Har kun bo’lsa yomon,
    Kam-kam bersa yaxshi,
    Ko’p-ko’p bo’lsa yomon. (x2)