• Shoxrux - Ikki qalb

    Shoxrux

    Ikki qalb

    Nazarim solaman, osmondagi qushlar
    Biz kabi baxtiyor, biz kabi baxtli.
    Yurakdan esa o’chirib bo’lmas
    Bu tuyg’ular, tuyg’ular, (ou-ou).

    Qalbimni tirnaydi qandaydir tuyg’u,
    Bu sevinchmi yoki yolg’on yog’du?
    Kezib yuragim ko’chalarini
    Ming bora izlab ham topolmadim negaligini,
    Mani har kuni qiynayotgan tuyg’ularni.
    Bu rashk emas, ha,
    Sarobga havoyu orzu ichra izlayman sani.

    Bu yuragimning malikasi o’zingku,
    Bu ikki qalb rishtasi o’zingku.
    Tark etmagin san mani, jonim,
    Yur bu ikki qalb tashna sevgimizga, yorim.

    Qo’llaring qo’limda, ko’zlaring ko’zimda,
    Bir soxil bo’yida ikkimiz.
    Tuyg’ularga burkanib bu sevgimiz,
    Qalbimiz, yuragimiz.

    Qalbimni tirnaydi qandaydir tuyg’u,
    Bu sevinchmi yoki yolg’on yog’du?
    Kezib yuragim ko’chalarini
    Ming bora izlab ham topolmadim negaligini,
    Mani har kuni qiynayotgan tuyg’ularni.
    Bu rashk emas, ha,
    Sarobga havoyu orzu ichra izlayman sani.

    Bu yuragimning malikasi o’zingku,
    Bu ikki qalb rishtasi o’zingku.
    Tark etmagin san mani, jonim,
    Yur bu ikki qalb tashna sevgimizga, yorim.

    Zamonim yaqinroq, san mandan uzoqroq,
    Oshiqman yo’liqib yanada nelarga.
    Mana bu yuragimda ismi a’lo,
    So’ngra vasling ilinji.

    A har sahifa, har mavzuda izlayman o’zimni,
    Lek har safar mosuvoman o’zimdan.
    Izlay yana qaylardan?
    Darmoni davo bu ko’zlaringga
    Qaradim oppoq orzular ichra,
    Aksi devonamni ko’rdim, ham man o’zimni topdim.

    Nazarim solaman, osmondagi qushlar
    Biz kabi baxtli, biz kabi baxtiyor.
    Yanada yuragim uradi sani deb,
    Jonim, sani deb.

    Bu yuragimning malikasi o’zingku,
    Bu ikki qalb rishtasi o’zingku.
    Tark etmagin san mani, jonim,
    Yur bu ikki qalb tashna sevgimizga, yorim.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari