• Shoxrux – Kechki hayot

    Shoxrux

    Kechki hayot

    Bo`laman, deganga hayot bepoyon,
    Faqat intilganga bo`lar tole yor.
    Sabr qilganlarga rohat, begumon,
    Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.

    Ayshu ishrat, ey, kayfu safo
    Qilib o`zingni yo`qotma san, bu bedavo.
    Kechki hayot – bu yovvoyi dunyo,
    Qaysi beaql, qaysi dil beparvo
    Aytdi sanga hayotni deb bevafo?

    Harorat, harorat tepadasan kasofat,
    Boringdan yog`ing, qarg`ishlardasan faqat.
    Tarbiya yo`q, deb gap tegadi onangga,
    La’nat, ming la’nat, deyishar padaringga.
    O`yla, o`yla, oxiratingni o`yla!
    O`yla, o`yla!

    Bo`laman, deganga hayot bepoyon,
    Faqat intilganga bo`lar tole yor.
    Sabr qilganlarga rohat, begumon,
    Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.

    Bezbet istak, surbet sinov,
    O`zingda bo`lmasa, aybdormas birov.
    Ensang qotar kattalarning so`zidan,
    Shoshma, boshing do`q etganda bilasan.
    Duo ol, duo ol, bor uyingga bor!

    Tavba qil, tavba qil, odam bo`lib qol,
    Omonat, omonat, har bir kuning g`animat.
    Qotma, kulma, bu emasdir maslahat,
    Odob, toqat, sanda bo`lsin oqibat.
    Hayotingni to`g`irla, qilgin yaxshi niyat.
    O`yla, o`yla, oxiratingni o`yla!
    O`yla, o`yla!

    Bo`laman, deganga hayot bepoyon,
    Faqat intilganga bo`lar tole yor.
    Sabr qilganlarga rohat, begumon,
    Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari