Shoxrux - Okean qo'shiq matni, lyrics

Shoxrux

Okean

Yeah…
Qorong`u tun, olisdan ko`rinadi darcha,
Chiroq yoniq xonasida qiz yolg`iz, qalbi parcha.
Urinmasada harchand, sevgan insoni bilan bog`lana olmas,
Afsus, bejavob qo`ng`iroq va habarlar barcha.

Esdalikka tushgan suratlarni qo`lga oladi,
Xo`rsinib, mungli kuy-taronaga quloq soladi.
Tushkunlikda qoladi, yeb tamom qilgan ichin,
Uni deb yozilgan maktubga termulib, ko`zi to`ladi.

Havotirda topa olmas qo`ygani joy o`zin,
Lol-u hayron tinglab yaqin dugonalar so`zin.
Aytishlaricha ko`rishganmish allakim ila,
Qo`l ushlashib yurganmish, silarmish o`sha qiz yuzin.

Sho`rlikning bunga sira ishongisi yo`q,
Ko`ksida cho`g`, otiladi o`q.
Boshi qotgan, ne qilarin bilmas,
Yigitning esa o`zga bilan vaqti chog`.

Toma-toma uning ko`z yoshlari bo`ldi okean,
Orzulari armonga aylanganidan keyin.
Axir yarim bo`lagidan ajralishi qiyin,
Yigitga bo`lsa baribir, qiz holi bir tiyin.

Oyna ortida fasli bahor, vujudida kuz,
Mana, necha kunki mijja qoqmas, totmaydi tuz.
“Qizim, umiding uz, tushun, u ortga qaytmaydi”,
Der onasi, g`amginligin aks etib ma’yus yuzi.

Qizcha tamoman o`zini azob qo`liga tutadi,
Shirin xotirlarni yod olib, alamlar yutadi.
“Qanday unutadi meni, axir sevar ediku?”,
Deb umid qilib, yana yorining daragin kutadi.

Tushungisi kelmaydi, ishq shamoli yelmaydi,
Sevgilim, deb har kun erkalab, quvonchlarga bermaydi.
Bilmaydi aslo qizning iztirob chekayotganini,
Endi va’da berganidek uni baxtli qilmaydi…

Sho`rlikning bunga sira ishongisi yo`q,
Ko`ksida cho`g`, otiladi o`q.
Boshi qotgan, ne qilarin bilmas,
Yigitning esa o`zga bilan vaqti chog`.

Toma-toma uning ko`z yoshlari bo`ldi okean,
Orzulari armonga aylanganidan keyin.
Axir yarim bo`lagidan ajralishi qiyin,
Yigitga bo`lsa baribir, qiz holi bir tiyin. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Okean
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 21, 2017