• Shoxrux - Ona yuragi qo'shiq matni, lyrics

    Shoxrux

    Ona yuragi

    Ota-ona har kuni doim tongdan duo qilishadi,
    Oila katta emas, yagona o`g`il xolos.
    Baxtli bu oila, hamma havas qiladi,
    Bir yil bo`lgandi to`yi bayramiga.

    Orzu-niyat bilan yagona o`g`lini uylantirdi,
    Mana bir yil o`tdi, kelin tug`ruqxonada.
    Bu qanchalar quvonch – nabira keladi axir,
    Onaizor va ota hecham sig`masdi o`ziga.

    Xabar keldi kechasi: “Muborak bo`lsin,
    Egizak – biri o`g`il, biri qiz,
    Hayoti baxtli o`tsin”, – deya.
    “Ota bo`libsan o`g`lim, qabul qil tabrigim”,
    Onaning ko`zida quvonch ko`zyoshlari.

    Shunda ota va o`g`il shoshildi tug`ruqxonaga,
    Quvonchi o`ziga sig`masdi, shoshilardi.
    Onaning yuragi sezdi ular shoshilganini,
    Tinmay qo`ng`iroq qildi havotirda ona.

    Umrning so`nggi bekati keldimi yoki tasodifmi,
    Xursandligidan spidomert 100 avtomobilida.
    Yo`l qoidalarini hatlab o`tdi ota va o`g`il,
    Oqibati halokat, asar ham qoldami ulardan.

    Buyog`iga bayonning hojati yo`q, jon berdi ular,
    Ona esa bechora qo`ng`iroq qilaverardi.
    Yurak yutib kutdi,
    Lekin baxtli oila taqdiri yakun topib bo`lgandi…

    Ona bariga chidadi bo`lsa ham og`ir,
    Eri va o`g`lining kiyimlari, xonadagi rasmlar, o`sha uy.
    Ammo onani yuraging hamma narsani ko`tardi,
    Nabiralari va kelinini shundoq tashlab qo`ymadi.
    “Qayta turmush quring, hali yoshsiz”, – derdi,
    Kelin esa eriga bo`lgan muhabbatini pesh qilaverardi.
    Onaning yuragi yana bir bor tig`landi…

    Kelin va nabiralariga uy-joy, barini taht qilib berdi,
    To`qlikni ko`rmagan kelin qaynonasini hecham eslamadi.
    Nabiralarin ko`rgani faqat Ona keldi yo`qlab,
    Erin sevardiku, lekin qaynonasin yo`qlab bormadi.

    Har kuni bayram, dugonalar, ochilgan shampan vinosi,
    Internet, aloqa, tanishuv, rasmlar, hatto WhatsApp!
    Yoqtirib qolishdi bir-birin go`yo Layli va Majnunlar,
    Taklif uyiga, begona erkak, gullar, romantika.

    O`sha kuni esa erining vafotiga bir yil bo`lgandi,
    Ona esa avval qabristonga, ziyoratga.
    So`ngra harid qildi nabiralarin tug`ilgan kuniga,
    Eshik qoqdi…

    Kelin mast, maishat, kayfiyat, qani or-nomus?
    Axir begona erkak bilan.
    Ko`zlariga ishonmasdi Ona bechora,
    Nabiralarin oldiga yugura kirdi, qani ular?

    “Bugun bayram, ular dugonamda”, –
    Deya javob berdi kelin.
    Sinib ketdi shu dam Onaizorning yuragi,
    Bariga chidagan yurak lek buni ko`tarolmadi…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.