Shoxrux – Robbana

Shoxrux

Robbana

Atrof nega-nega jim-jit, nega bunday jim-jit?
Xuddi badanimda ruhim ega emas, silkit.
Farishtami, jin yoki boshqa bir mahluq
Keladi yonimga kuniga,
Nima ekan uning maqsadi bila olmadim,
Lekin ayon u yolg`iz Ollohga.
A, kimsan deganimda, deydi javoban:
Man jon oluvchi Malak-ul Mavtman.

Bugun gunoh qildim, maqsadiga yetdi la’nati,
Qadam-qadamida vasvasalariga ilindim-u
Osiy gunohkor bo`ldim.
Qalbim qoraydi o`z navbatida ya umuman-a
Negizi isyonkor bo`ldim.
Sabr-toqat qil, dedim, maning jonimni olma,
Yomon amallarimga aytay tazarru, tavba.
Badanim jimirlar, jazo bor albatta,
Yashadim g`aflatda bu yovuz dunyoda.

Nobud bo`ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O`zimga zolim bo`ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo`ldim, mani kechir.

Qarab turib ko`rmayman onda-sonda,
Nimanidir ushlab turib, sezmayman onda-sonda.
Xayol joyidamas, yuragim ham yorilay deydi ba`zida hullas,
O`n sakkiz ming olam, jannatu jahannam.
Mana bu mavzu asosan xayolimdan ketmay
Yetkazadi qalbimga azobu, dardu g`am,
Yoki ba`zida malham,
Qayerda bo`lmasam ham, qayerda bo`lsam ham.

Kibr-kibr, kibr-kibr, kibri-kibri-yo,
Nafsimning bugundagi kibrligi ziyo.
De dushman, degin dushman yoki bo`lgin donishmand,
Fahmlagin endi nari-beri, negizi pakdoman.
Taqvoga yaqin bo`lsang, Unga ham yaqinsan,
Yaratganning rahmatiga juda sazovorsan.
Hidoyat ayla, Rabbim, o`zingga muhtojman,
Sandan umidvorman.

Nobud bo`ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O`zimga zolim bo`ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo`ldim, mani kechir. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Robbana
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2016