Shoxrux - Vatanim

Shoxrux

Vatanim

Aziz makonim, ko`chalarida beg`am kezgan vatanim maning, zaminim maning,
Xayolan har tomonla solib, sog`inib boqadigan mehru nazarim maning.
Har manzili hotirjam, tinch-osoyishtalikda bor bo`lib kelgan, mardona g`ururim maning,
Aziz makonim, vatanim maning, jon tomirimdagi ruhim, halovatim hamda madadkorim maning.

Sayr etdim har tomonni, o`zingdan o`zga – yiroqlar makoni,
O`tkazdi boshimdan g`ariblik zamonini, yurakdan his qildim ona vatanim qadrini.
Mehribon otamning aytgan shirin so`zini, bobolarimning suhbatlari, bergan nasihatlarini,
Qayda bo`lsam ham shoshaman tomoningga, xumorman har bir bag`ringda o`tkazgan kunu tunimga.

Vatanim maning, tanho g`ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.
Vatanim maning, tanho g`ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.

Yoshligimdan beri mehrimni qozongan bepoyon o`lkam, hullas-kalom asli nima desam ham kam,
Vatanim maning, Makkayu Madinam, ko`ksimni tik ko`tarib yura oladigan zaminim maning.
Bitmas xazinam, jonimdan ham aziz bo`lgan o`lkam, maning afsonam,
Dunyoga har yo`nalishlari bilan tanilgan mardona o`lkam, maning jasur mardona o`lkam.

Sayr etdim har tomonni, o`zingdan o`zga – yiroqlar makoni,
O`tkazdi boshimdan g`ariblik zamonini, yurakdan his qildim ona vatanim qadrini.
Mehribon otamning aytgan shirin so`zini, bobolarimning suhbatlari, bergan nasihatlarini,
Qayda bo`lsam ham shoshaman tomoningga, xumorman har bir bag`ringda o`tkazgan kunu tunimga.

Vatanim maning, tanho g`ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.
Vatanim maning, tanho g`ururim maning,
Vatanim maning, jannatmakonim maning.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanim
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2015