Shoxrux-Xayolimdasan

Shoxrux

Xayolimdasan

Sani har kun ko’rgim keladi,
Sevishimni aytgim keladi,
Sani ko’rsam ko’nglim to’ladi.
Xayolingni bilgim keladi,
Orzuingda bo’lgim keladi,
Sani ko’rsam bag’rim to’ladi.

Orzularimni yig’ib bog’ yaratdim,
U bog’da sani tanho gulimsan deb atadim,
Xayolimda sani bag’rimga bosib,
Chiroyinga tikilib o’tiraman,
Sani sovuq kunlardan asrayman.

So’zlaringni eshitib hayron bo’lib qoldim,
Yozgan ekansan qalbingga mani ismimni,
Juda uzoq izladim sandan o’zimni, sandan o’zimni.
Sani o’ylayman, balki ko’nglim uchun keldingmi bugun?
Yoki achinganingdan keldingmi bugun?
Lekin manga shunchaki javob kerakmas, ko’nglim zor emas!

(Sani har kun ko’rgim keladi,
Sevishimni aytgim keladi,
Sani ko’rsam ko’nglim to’ladi.)

Har kun jonim, har tun jonim,
Xayolimdasan har zum jonim.
Har kun jonim, har tun jonim,
Xayolimdasan har zum jonim. (x2)

Sani har kun ko’rgim keladi,
Sevishimni aytgim keladi,
Sani ko’rsam ko’nglim to’ladi.
Xayolingni bilgim keladi,
Orzuingda bo’lgim keladi,
Sani ko’rsam bag’rim to’ladi.

San mani aldashni ko’rmagin ravo,
Chunki yolg’oning sezsam tugar hammasi,
Tugar ishonch, tugar umid, tugar hayot.
O’zimga savol berib san tog’ringda
Yillab javob berolmasman negadir, negadir,
Bunga tushunolmasman negadir, negadir.
Agar o’chmas qilib yozganingda qalbingga ismimni,
Balki shuncha ko’p izlamasmidim?

(Sani har kun ko’rgim keladi,
Sevishimni aytgim keladi,
Sani ko’rsam ko’nglim to’ladi. (x2))

Har kun jonim, har tun jonim,
Xayolimdasan har zum jonim.
Har kun jonim, har tun jonim,
Xayolimdasan har zum jonim. (x6)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayolimdasan
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2014